«Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki urnumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko’rku fayzint, mahobatini yo’qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi. Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ’ib qilayotgani, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo’layotgani diqqatga sazovor.
O’zbek xalqining tarixiy o’tmishi, o’zligi, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo’q. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur.
XX asr boshidagi ma’rifatchilik harakati haqida gapirgandim. O’sha harakatning namoyandalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishdirni? Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, xalqni o’zhaq-huquqlarini tanishga da’vat etganlari uchun birov maosh to’laganni? Birov ularga oylik berganmi? Albatta, yo’g! lJlar o’t bilan o’ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo’ldan borganlar. Chunki, vijdonlari, iymonlari shunga da’vat etgan.
Kim bo’lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.