Бакалавриат

 

Sud tibbiyoti umumbiologik va tibbiy bilimlar, tadqiqotlar majmuini ifodalovchi fan bo‘lib, o‘zining rivojlanishi, takomillashishi va amaliyotga tadbiq etilishida huquqni muhofaza etuvchi iboralar faoliyatidagi tibbiyot, biologiyaga oid masalalarni yechishga yo‘naltirilgan.

Ayni paytda mazkur fan sud-tibbiy ekspertiza materiallari bo‘yicha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni bo‘lajak shifokorlik faoliyatida  zarur bo‘lgan sud tibbiyoti bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdir.

Fanning vazifalari:

– talabalarni sud-tibbiy ekspertizaga molik holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatishning xususiyatlari bilan tanishtirish;

– shikastlanish holatlarida malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda  ahamiyatli bo‘lgan shikastlovchi omillar (etiologiya), jarohatning vujudga kelish mexanizmini (patogenez, travmatogenez) o‘rgatish;

– shifokorlarning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq turli protsessual harakatlarda muxassis, vrach-ekspert, ekspertlar komissiyasining a’zosi sifatida ishtirokining xususiyatlari bilan tanishtirish;

– talabalarga kelajakdagi shifokorlik faoliyatida aholi, bemorlar o‘rtasida to‘g‘ri tushuntirish, ma’rifiy ishlarni olib borishni o‘rgatish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va

malakasiga qo‘yiladigan talablar

Sud tibbiyoti fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:

– sud-tibbiy ekspertiza faoliyatining tashkiliy, protsessual jihatlarini;

– sud-tibbiy ekspertizaga molik holatlarni;

–  travma holatlarida shikastlovchi omillar, jarohatlarning vujudga kelish mexanizmini;

– sud-tibbiy ekspertizalarning o‘tkazilishida tibbiy hujjatlar va ularda keltirilgan ma’lumotlarning ahamiyatini;

– o‘limning yuz berganligi va o‘lim muddatini aniqlashning asosiy printsiplarini;

– tan jarohatlarining og‘irlik darajasini sud-tibbiy baholashning xususiyatlarini;

– to‘satdan o‘lim, mexanik jarohatlar, zaharlanishlar va shu kabi holatlarda o‘tkaziladigan  sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlarining mazkur noxush holatlarning profilaktikasidagi ahamiyatini bilishi kerak;

– o‘lim haqida tibbiy guvohnomani to‘ldirish;

– hodisa yoki murda topilgan joyni ko‘zdan kechirish, eksgumatsiya va tirik shaxslarni guvohlantirishda ishtirok etish;

– tirik shaxs yoki murdadagi tan jarohatlarini tavsiflash;

– sud-tibbiy laboratoriya tekshiruvlari uchun materiallarni olishda yordam berish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

– o‘lim yuz berganligini aniqlash;

– o‘lim muddatini aniqlash;

– murda kiyimlarini ko‘zdan kechirish va tavsiflash;

– turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini tavsiflash malakalariga ega bo‘lishi kerak.

6-курс дав тиб-пед узб

5-курс тиб-проф узб

4-курс тиб-био узб

4-курс тиб-проф узб

4-курс леч_мед_пед_военный узб

2 курс дав Биоэт узб

1-курс ОМХ узб

2-курс Конституция узб