«Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi va murabbiylarga bog’liq. Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimtzda ta’lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlaslr ishlari izchil davom ettirilmoqda. O’qituvchililk azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi.
Bu haqda filkr yuritar elkanmiz, ulug’ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiyning: «Avlodlaringizga faqat bugung emas, kelgursi zamnonning ilmini o’rgating», degan so’zlari beixtiyor yodimizga tushadi.
Bugungi kunda yurtimizda minglab maktab, litsey, kollej, diniy madrasalar diniy oliygohlar dunyo standartlariga javob beradigan qilib bunyod qilindi, qayta ta’mirlandi. Uzoq qishloq va tog’li hududlarda ham mana shunday go’zal ilm dargohlarini ko’rib ko’zing quvonadi. Ayniqsa, turli-tuman kitoblarning chop etilishi. bizni xursand qiladi. Erta tongdan maktabga to’p-to’p bo’lib borayotgan yoshlanti ko’rib ko’zing quvonadi. Ullarning murg’ak qalblari, uzoqni ko’zlagan orzulari, shodu xunamliklarini ko’rib, bolalikka qaytging keladi.