Yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi o’zi nimalardan iborat? 220 mingdan orliq takliflar kelib tushgan. Ushbu takliflar asosida Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Konstitutsiyaning 65 foiz matni xalq takliflari asosida qayta shakllandi va unda barcha qatlam rnanfaatlari inobatga olingan. Amaldagi 1 28 ta moddadan 9l tasiga kontseptual o’zgartirishlar kiritilmoqda. Natijada Konstitutsiyamiz ham mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangilanmoqda.
Konstitutsiya loyihasiga kiritilayotgan o’zgarishlarni mazmuniga ko’ra quyidagicha bo’ lish mumkin:
- Inson huquqlarni ta’minlash sohasidagi oʻzgarishlar;
- Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi oʻzgarishlar;
- Siyosiy huquqlar sohadagi oʻzgarishlar;
- Davlat hokimiyatini tashkil etishga oid oʻzgarishlar.
Inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi o’zgarishlar Ilk marotaba fuqarolar kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi, davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi, ekologiya masalalariga oid huquqlarning mustahkamlanishi kabi yangi konstitutsiyaviy huquqlar kiritilmoqda. Shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar borasidagi normalar qariyb 3,5 baravarga koʻpaymoqda. Inson huquqlari va erkinliklari, oila masalalariga bag’ishlangan kafolatlar kuchaytirilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar Loyihada O’zbekiston «ijtimoiy davlat» degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlanmoqda va davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog’liq normalar 3 baravarga oshmoqda.
Siyosiy huquqlar sohadagi o’zgarishlar Saylov huquqiga ega bo’lgan 18 yoshdan oshgan fuqarolariga qonunchilikka oid
taklif kiritish huquqi berilmoqda. Davlat hokimiyatini tashkil etishga oid oʻzgarishlar Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanmoqda. Konstitutsiya to’g’ridan-to’g’ri ishlaydigan hujjat bo’lmoqda. Ya’ni, endi barcha fuqarolar hattoki oʻzining kundalik hayotida ham Konstitutsiyaga murojaat qiladilar. Undagi barcha normalar, ularni qanday amaliyotda qo’llashni ochib beruvchi qonunchilik hujjati mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, to’g’ridan-to’g’ri ishlaydi.