Toshkent tibbiyot akademiyasi Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi hamda akad. I.P.Pavlov номидаги Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetining sud tibbiyoti va huquqshunoslik kafedrasi hamkorligida joriy yilning 2023-yil 30 may kuni “Zamonaviy sud tibbiyotining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish, tashkillashtirish va uni o‘tkazish uchun mas’ul etib Akademiya ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor F.L.Azizova, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i M.M.Jafarov va Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri I.I.Baxriyev, dotsent B.A.Eshmuratov, katta o‘qituvchi N.X.Ganiyevalar belgilangan.