Mavzu bo’yicha kafedra katta o’qituvchisi N.X.Ganieva so’zga chiqib quyidagilarni ma’lum qildi: «salomatlik inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etish garovidir.
Barcha sohalar kabi sog’liqni saqlash tizimiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik aholi salomatligini muhofaza qilishda, shuningdek, xalqimiz turmush farovonligi oshishida -muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tizimda tub o’zgarishlar sodir bo’lib, yangilik va izlanishlar sari odim tashlanayotganligi quvonarlidir. Respublikamizda sog’liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o’rtasida sog’lom turmush taruini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2025-yilga qadar O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini,jismoniy tarbiyava sportni rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Talaba-yoshlar o’rtasida jismoniy faollikni oshirish muhim masalalardan biridir. Sog’lom turmush tarzi farovon hayot asosidir. Sog’lom turmush tarziga rioya qilish ko’plab muammolarning oldini oladi. Buning asosida baxtli va uzoqumrli hayot yotadi. Zero, xalqimiz «Sog’lom inson uzoq va baxtli hayot kechiradi», deb bejizga aytishmagan. Chunki inson sog’olom bo’lishi uchun har doim sport bilan shug’ullanadi, kun tartibiga qat’iy rioya qiladi, ovqat ratsioniga ham katta e’tibor beradi va albatta ijobiy kayfiyatda yuradi. Sog’lom turmush tarzi – insonning kun tartibiga rioya etishi, faol harakat asosida organizmini chiniqtirishi, sport bilan shug’ullanishi, to’la va sifatli ovqatlanishi, gigiyenik qoidalarga amal qilishi, zararli odatlardan o’zini tuta bilishidir. Serharakatlilik organizmni tabiiy ravishda rag’batlantirib turadi. Shuning uchun serg’ayrat, tinib-tinchimaydigan odamlar doimo tetik, bardam, keksayganlarida ham baquwat va shijoatli bo’ladi.
Sog’lom turmush tarzining ahamiyati. Turmushtarzi – bu insonning ma’lum maqsad asosida o’zining yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini o’zlashtirish usuli.
Sog’lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
- faol jismoniy harakat qilish, chiniqish jismoniy tarbya va sport bilan shug’ullanish;
- kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish;
- jismonan va ruhan toliqishga yo’l qo’ymaslik;
- aqliy va jismoniy mehnatri gigiyenik talablar asosida to’g’ri rejalashtirish;
- to’gori va sifatli ovqatlanish; shaxsiy va umumiy gigiyena talablariga rioya qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatga erishish; yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalaming ro’y berishini oldini olish;
- toog’ri jinsiy tarbiya olish; psixogigiyena talablariga amal qilsh;
- zararli odatlarga berilmaslik.
Yuqoridagi mezonlarga asoslanib quyidagi to’xtamga kelish mumkin: sogolom turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikmalarga ega bo’lish asosida hayotiy faoliyatni yo’lga qo’yish hamda salomatligini yuqori darajada bo’lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir. Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko’ rsatish sharoitlarini yaratishdir. Buyuk ensiklopedist olim Abu Ali ibn Sino fikricha, sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya, keyin ovqat tadbiri va uyqu tadbirlari hisoblanadi. Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko’rishning garovi sog’olom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Zero,har birimiz, eng avvalo, o’z sog’lig’imizni o’ylashimiz darkor. Ana shunda xotirjam va farovon hayot kechirgan, ko’plab asoratli xastaliklarning oldini olgan bo’lamiz.