«Amir Termur – sohibqiron, buyuk sarkarda»

«Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur 1336 yil 7- aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg’or qishlog’i (hozirgi Yakkabog’ tumani)da tug’iladi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻay esa barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan.
Amir Temurning yoshligi Keshda o’tdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni o’qishga berdi. Temur yoshlik chog’laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lgan. Shu asnoda Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo’lib voyaga yetgan. U tabiatan ogʻir, bosiq,
teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og’ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, ko’pdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370-yil iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo’shin tuzish masalalari muhokama etildi. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda ro’y bergan og’ir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yig’ishda aminlar va soliq yig’uvchilarni raiyatga nisbatan insof va adolatli bo’lishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi ko’p jihatdan raiyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshlig’iga bo’lgan sadoqatiga bog’liq. Raiyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar boʻlgan. Amir Temur nafaqat o’z xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida bunyod etilgan. Buyuk davlat arbobi Amir Temur tug’ilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz jamoatchiligidan tushayotgan ko’plab takliflarni inobatga olib, uning davlatchilikni barpo etishdagi, fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyotidagi ulkan hissasini nazarda tutib, YUNESKO Bosh konferentsiyasining 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligi jahon jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanishi to’g’risidagi qaroriga e’tiboran xalqaro va respublika miqyosida tadbirlar o’tkazilayotganligini hisobga olib, O’zbekiston fuqarolarining, yosh avlodning milliy yanada rivojlantirish iftixor vatanparvarlik tuyg’ularini maqsadida, 1996-yil «Amir Temur yili» deb e’lon qilinsin. O’zbekiston Respublikasi Prezideti Sh.Mirziyoyevning 2017-yildagi farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga «Temurbeklar maktabi» deb nom berilgan. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yildagi qaroriga asosan Mudofaa, ichki va ishlar va favqulotda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi. Yevropalik olimlar Amir Temur va uning faoliyati haqida bundan to’rt yuz yililgari gapira boshlagan edi. 1553-yilda Florensiya (Italiya)da italyan olimi Perondino qalamiga mansub «Skiflik buyuk Tamerlan» kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Temur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi. XVI-asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning «Buyuk Temur» nomli tragediyasida yosh Temurbek o’zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya XVII asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan. Bugun jahonning ellikdan ortiq
mamlakatlarida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Temur va Temuriylar davriga bag’ishlangan koʻplab kitoblar chop etilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.