»Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrddan ortgan, albatta bu tabiiy resurslardan ko’proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrofmuhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. Shuning uchun Ona tabiatimizga o’z ta’sirini ko’rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo’lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiattmizga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tamonidan birqancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Xalqaro miqyosda juda ko’p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda.
Sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalam bor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg’or texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqitsiz jarayonlardan foydalanishirniz lozim. Bunda eng asosiy maqsad bu tabiiy resurslarga tejamkorona munosabat va atrof’-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, qolaversa inson salomatligini tiklash. Republikamizda hozirgi kunda barpo etiladigan barcha sanoat korxonalari zamon talablariga mos keladigan texnologiyalar bilan jihozlanib o’rnatilmoqda. Buning natijasida respublikamiz ekologik holati yaxshilanishiga olib kelmoqda.
GES larning asosiy manbai, energiya zahiralarining doimo oqib turadigan daryo suvi hisoblanadi. GES lar atrof-muhit, havo, suv, tuproqni chang, kul, azot va oltingugurt oksidlari bilan iflos qilmaydi. Lekin GES lar ham, o’z navbatida, tabiatga juda katta zarar keltirmoqda. Hozirgi vaqtda GES suv omborlari tomonidan 90000 km yer yoki har bir ishlab chiqarilgan kvt uchun 0,5 m yer suv ostida qolgan. Chet ellarda tabiatni muhofaza qilish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ko’pchilik mamlakatlarda 4 xil qo’riqxonalar mavjud:
- tabiiy rezervatlar qat’iy rejim bilan ishlaydigan xatto kishilarning kirishi ham man etilgan katta maydonlar. Bunday qo’riqxonalarda noyob o’simliklar va hayvonlar qo’riqlanadi. Ularda ilmiy ishlar olib boriladi;
- milliy (xalq) parklar – yirik qo’riqxonalarda butun tabiiy kompleks muhofaza qilinadi. Badiiy qo’riqxonalar G’arbiy Yevropa, Afrika, Shirmoliy Amerika, millatlar hamkorligidagi mamlakatlar juda keng tarqalgan bo’lib, bu qo’riqxonalarga kishilar pul to’lab kiradilar. Eng katta va mashhur milliy parklarga yiliga bir necha 10 mln kishi kiradi. Masalan: mashhur «Yellouston» milliy parkiga tashkil etilganidan beri (1872 yildan) hozirgacha 1 00 mlndan ortiq kishi kelib ketgan;
- tabiat yodgorliklari – g’or, yer osti tog’ jinslari ochilib qolgan joylar, katta yoki bahaybat daraxtlar ajoyib shakldagi qovalar, sharsharalar kabi ayrim obyektlar qo’riqlanadigan kichik qo’riqxonalardir. Tabiiy yodgorliklar, tarixiy obyektlar bo’lib saqlanadi;
- chala balki qisrnan mavjud qo’riqxonalarda ayrim obyektlar muhofaza qilinadi. Badiiy qo’riqxonalar zakazniklar deb atalishi rnumkin. Ov qilish yoki baliq tutish man etilgan maydonlar zakazniklar deb yuritiladi.
Ko’pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo’lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tatbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig’ini maxsus ko’rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarirna to’lanadi. Agar axlatni to’g’ri kelgan joyga to’kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvetsariyada tabiatni buzish borasida biror nojo’ya ish qilinsa, uni ko’rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O’t o’chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari ko’chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o’rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo’lar edi. Chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hozircha Respublikamizning hamma viloyatlarida yo’qligi uchun axlatlarni maxsus joylarga to’kib, ko’mib tashlash davom etmoqda.