1-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi jamoasi Sizni mamlakatimizning muhim davlat bayrami — 8-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaydi!
Konstitutsiya — huquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etishning mustahkam poydevoridir. Ushbu qutlug‘ sana yurtimizda qonun ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklari doimo yuksak qadrlanishini ta’minlasin.
Barchangizga tinchlik, farovonlik, sog‘lik va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin!